Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni bir milliondan oshdi — OAV

Hindistonda kovid kasalligi aniqlangan insonlar soni bir milliondan oshdi. Bu haqda mahalliy «Hindu» nashri o‘z hisob-kitoblariga asoslanib xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Hindistonda bugun, 16-iyul kuni koronavirus qayd etilishi bo‘yicha jami holatlar soni 1 001 449 taga yetgan, virus qurbonlari soni esa — 125 582 kishi.
Hindiston sog‘liqni saqlash vazirligi bergan oxirgi ma’lumotda mamlakatda koronavirus bemorlari soni 968 ming nafardan oshgani ko‘rsatilgan. Hukumat qo‘shimcha qilishicha, bemorlarning aksariyat qismi — 612 ming kishi tuzalib ketgan.
Hozirda Hindiston dunyodagi uchinchi koronavirus o‘chog‘i bo‘lib turibdi. Eng ko‘p kasallik AQSh va Braziliyada qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter