Hindistonlik talabalarga Chirchiqdagi tibbiyot universiteti filialiga bormaslik tavsiya qilindi

Hindiston Milliy tibbiyot komissiyasi mahalliy abituriyentlarni Markaziy Amerikada joylashgan Beliz davlatidagi uchta universitet va O‘zbekistondagi bitta tibbiyot universiteti filialida tahsil olmasliklari haqida ogohlantirdi.
Ular quyidagilar:
- Markaziy Amerika sog‘liqni saqlash va fanlar universiteti, Beliz;
- Kolumbiya Markaziy universiteti, Beliz;
- Vashington sog‘liqni saqlash va fanlar universiteti, Beliz;
- Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali, O‘zbekiston.
Ogohlantirish Hindistonning Meksikadagi elchixonasi va Tashqi ishlar vazirligining Yevroosiyo bo‘limi ushbu muassasalar tibbiy ta’lim bo‘yicha Hindiston tomoni talab qiladigan standartlarga javob bermayotganidan jiddiy xavotir bildirganidan keyin e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, ushbu muassasalar Hindistonning tibbiy ta’lim standartlariga javob bermaydi, aniqrog‘i ularda zarur akademik va klinik standartlar yo‘q.
Shuningdek, tibbiyot muassasalarida zarur infratuzilma yo‘qligi, talabalardan haddan ortiq to‘lovlar olinishi, o‘quv sharoiti va ta’lim sifati borasida yolg‘on ma’lumotlar berilgani aytilmoqda. Bundan tashqari, ulardan ortiqcha to‘lovlar undirilgan va kursni tark etgandan keyin pulni qaytarish rad etilgan.
Yuqoridagilarni xavotirlarni hisobga olgan holda, talabalarga ushbu muassasalarga kirishdan tiyilish qat’iyan tavsiya etilgan.
Ta’kidlanishicha, chet elda tibbiyot bo‘yicha o‘qiyotgan hindistonliklar Xorijiy tibbiyot bitiruvchisi litsenziati qoidalariga qat’iy rioya qilishi zarur. Aks holda Hindistonda tibbiyot bilan shug‘ullanish uchun ro‘yxatdan o‘tishni rad etishga olib kelishi mumkin.
Manba: newindianexpress.com
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter