Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hizbulloh» G‘azodagi urushga qo‘shiladimi?

«Hizbulloh» G‘azodagi urushga qo‘shiladimi?

«Hizbulloh» guruhi 8 oktyabr kunidan boshlab Isroil armiyasiga qarshi janglarga qo‘shilgan. Bu haqda tashkilot lideri Hasan Nasrulloh ma’lum qildi.

«Biz jangga 8-oktyabr kuni kirgandik», — deya bosh kotibning so‘zlarini keltiradi «Al-Jazira.

Eslatib o‘tamiz, 3-noyabr kuni Livandagi «Hizbulloh» harbiy guruhi lideri Hasan Nasrulloh Falastin-Isroil mojarosining keskinlashuvi fonida nutq so‘zladi.

U HAMAS guruhining 7-oktyabr kuni Isroilga hujum haqidagi qarorini to‘g‘ri deya hisoblashini aytgan. Hujumning muvaffaqiyati, Nasrulloh fikricha, dunyo yana bir bor Falastinga e’tibor qaratdi. 

Shuningdek, Nasrulloh AQSh G‘azodagi vaziyatni o‘nglashi mumkinligini aytdi, chunki yetakchining fikricha mojaroda «Qo‘shma Shtatlarning katta aybi bor». 

Eslatib o‘tamiz, «Hizbulloh» Livandagi harbiylashgan siyosiy partiya bo‘lib, Eron tomonidan moliyalashtiriladi va dastaklanadi. Ushbu guruh Suriyadagi urushda prezident Bashar Asad tomonidan ham jang qilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring