Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimlik Toshkentda «tozalash» bo‘layotganini e’lon qildi

Hokimlik Toshkentda «tozalash» bo‘layotganini e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahar hokimligi poytaxt ko‘chalari yuzidagi noqonuniy bino va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlanganini ma’lum qildi.

«Shahar hokimligi va tegishli xizmatlarning ruxsatisiz, yo‘llar bo‘ylab qurilgan binolar aholi uchun xavf tug‘diradi, ya’ni ularda avtoturargoh va to‘xtash yo‘li yo‘q, bu esa haydovchining bir daqiqalik xaridi orqasidan boshqa haydovchilar va piyodalar uchun sezilarli noqulaylik va xavfga sabab bo‘ladi.

Hozirgi kunda Toshkentda tegishli tahlillar o‘tkazilib, ixtisoslashtirilgan xizmatlar tomonidan noqonuniy bino va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlandi. Shu bilan birga, ushbu binolardan foydalangan tadbirkorlarga qonuniy asosda o‘z faoliyatini davom ettirish uchun sharoit yaratiladi», deyiladi hokimlik xabarida.

Hokimlik «Toshkent shahri hududida maishiy va tijorat binolariga ega bo‘lganlarni hujjatlarning shaharsozlik me’yorlariga muvofiqligini yana bir bor sinchiklab tekshirishga» chaqirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring