Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xiaomi Mix 2S» smartfoni «har qanday holatda ham yuzni taniydi» (video)

«Xiaomi Mix 2S» smartfoni «har qanday holatda ham yuzni taniydi» (video)

Foto: «YouTube»

«Xiaomi» kompaniyasi «Face Unlock» yuzni tanish texnologiyasining imkoniyatlari hamda uning yordamida «Mi Mix 2S» smartfoni blokdan chiqarilgan tizerni namoyish qildi. Yangi smartfon «Face Unlock» texnologiyasi ishini ta’minlaydigan sun’iy intellektga ega bo‘ladi, deb xabar qildi «NV.ua».

Videodan ko‘rish mumkinki, «Mi Mix 2S»ga o‘rnatiladigan «Face Unlock» texnologiyasi yetarli darajada aqlli bo‘ladi, u gadjet foydalanuvchisi soch turmagi yoki soqolini o‘zgartirsa ham o‘z egasini taniy oladi. Shuningdek, «Face Unlock» funksiyasi foydalanuvchi bosh kiyim, ko‘zoynak yoki parik taqib olsa ham taniyveradi.

Yuzning qarishi ham datchiklarning to‘g‘ri ishlashiga xalaqit bermasligi kerak.

«Face Unlock» Mi Mix 2S smartfonining xavfsizligini ta’minlaydigan yagona fuksiya emas. Taxminlarga ko‘ra, smartfon barmoq izi skaneri datchiklari hamda boshqa an’anaviy tarzda blokdan chiqarish tugmalariga ham ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur smartfon tomonlar nisbati 18:9 bo‘lgan 6,01 dyuymli OLED-displeyi bilan jihozlanishi haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, ushbu model 12 megapikselli ikkitalik kamera, «Snapdragon 845» protsessori, 8 gigabayt tezkor xotira va 256 gigabayt ichki xotira bilan ta’minlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring