Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hududlarda ichimlik va oqova suvi narxlari keskin oshirilmoqda

Hududlarda ichimlik va oqova suvi narxlari keskin oshirilmoqda

«Toshkent suv ta’minoti» MChJ tomonidan Toshkent viloyati iste’mochilariga yetkazib beriladigan ichimlik suvi va ko‘rsatiladigan oqova suv xizmatlari uchun 2023-yil 20-avgustdan boshlab yangilangan tariflar (narxlar) tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, quyidagi belgilangan tariflar amalda qo‘llaniladi (QQS siz):
Ichimlik suvi:

  • aholi uchun –1 metr kub – 1 700 so‘m;
  • budjet tashkilotlari uchun – 1 metr kub - 7 000 so‘m;
  • ulgurji iste’molchilar uchun – 1 metr kub - 7 000 so‘m;

Oqova suv xizmati uchun:

  • aholi uchun – 1 m metr kub – 850 so‘m;
  • budjet tashkilotlari uchun – 1 metr kub – 1 850 so‘m;
  • ulgurji iste’molchilar uchun – 1 metr kub – 1 850 so‘m.

Shuningdek, «Chimgan-Chorbog‘ suv ta’minoti» MChJ tomonidan iste’mochilarga yetkazib beriladigan ichimlik suvi va ko‘rsatiladigan oqova suv xizmatlari uchun yangilangan tariflar (QQS siz):
Ichimlik suvi:

  • aholi uchun –1 metr kub – 1 050 so‘m;
    budjet tashkilotlari uchun – 1 metr kub - 1100 so‘m;
    ulgurji iste’molchilar uchun – 1 metr kub - 4 000 so‘m;

Oqova suv xizmati uchun:

  • aholi uchun – 1 metr kub – 300 so‘m;
  • budjet tashkilotlari uchun – 1 metr kub – 350 so‘m;
  • ulgurji iste’molchilar uchun – 1 metr kub – 2 800 so‘m.

«Musaffo obi hayot» MChJ tomonidan yetkazib beriladigan ichimlik suvi uchun yangilangan tariflar (QQS siz):

  • aholi uchun –1 metr kub – 600 so‘m;
  • budjet tashkilotlari uchun – 1 metr kub - 1 000 so‘m;
  • ulgurji iste’molchilar uchun – 1 metr kub - 3500 so‘m;
  • boshqa ulgurji tashkilotlari uchun 1 metr kub - 600 so‘m

Oqova suv xizmati uchun:

  • aholi uchun – 1 metr kub – 400 so‘m;
  • budjet tashkilotlari uchun – 1 metr kub – 500 so‘m;
  • ulgurji iste’molchilar uchun – 1 metr kub – 1 100 so‘m.
  • boshqa ulgurji tashkilotlari uchun 1 metr kub - 400 so‘m

Shu bilan birga Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining 13-iyuldagi qarori bilan yangi tariflar (narxlar) tasdiqlangan. Unda ichimlik suvi narxi qariyb 2 baravarga oshirilgan. Mazkur qaror rasman e’lon qilingandan 15 kun o‘tgach kuchga kirishi belgilangan.

Ichimlik suvi 1 m. kub uchun:

  • aholi uchun — 2140 so‘m (avval 1150);
  • budjet tashkilotlari uchun — 5000 so‘m (avval 2700);
  • ulgurji iste’molchilar uchun — 5000 so‘m (avval 2700).

Oqova suv 1 m. kub uchun:

  • aholi uchun — 950 so‘m (avval 650);
  • budjet tashkilotlari uchun — 1800 so‘m (avval 1050);
  • ulgurji iste’molchilar uchun — 1800 so‘m (avval 1050).

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining 17-iyuldagi qarori bilan ham ichimlik suvining yangi narxlari tasdiqlangan. Unda aholi uchun ichimlik suvining narxi 2 baravarga oshirilgan. Qashqadaryo viloyatida yangilangan tariflar OAVda e’lon qilingandan keyin 15 kun o‘tgach kuchga kirishi belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring