Hududlardagi tibbiyot birlashmalari negizida sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etiladi

Joriy yil 19-maydagi «Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan 15-ta tuman (shahar)larda, 2026-yil 1-yanvardan Samarqand viloyatida tajriba-sinov tariqasida sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari belgilandi.
Ular, jumladan:
- birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish orqali oilaviy poliklinikalarda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish;
- tibbiyot xodimlarining bilim va malakasini oshirish, ular mehnatiga munosib haq to‘lash tizimini joriy qilish.
Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish maqsadida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari negizida tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etiladi.
Quyidagilar tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlarining asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:
- ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarni markaziy shifoxonalarning maslahat-diagnostika bo‘linmalariga aylantirish;
- tibbiyot xodimlari faoliyatini tasdiqlangan mehnat samaradorligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat qilish hamda natijalar asosida ularni rag‘batlantirish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter