Huquqiy targ‘ibot a’lochilari aniqlandi
Jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shgan davlat organlari va tashkilotlarning bir guruh xodimlari hamda jamoatchilik faollari «Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur ko‘krak nishoni «Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi Prezident farmoni asosida ta’sis etilgan.
Ko‘krak nishoni Konstitutsiya kuni arafasida tantanali ravishda o‘z egalariga topshiriladi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga BHMning 4 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter