Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ICT Expo - 2025: 5G texnologiyasi, Moobina, MobiWin — Mobiuz qimmatbaho sovg‘alar tarqatmoqda! (video)

ICT Expo - 2025: 5G texnologiyasi, Moobina, MobiWin — Mobiuz qimmatbaho sovg‘alar tarqatmoqda! (video)

Mobiuz kompaniyasi har yilgi an’anaga muvofiq, ICT Week Uzbekistan 2025 raqamli texnologiyalar haftaligi doirasida tashkil etilgan ICT Expo – 2025 ko‘rgazmasida xalqimizning qulay va sifatli aloqadan foydalanishi yo‘lidagi yangidan-yangi loyihalarini taqdim etish barobarida Mobiuz abonentlari va haftalik ishtirokchilariga qimmatbaho sovg‘alar ulashishda davom etmoqda.

Jumladan, ICT Expo – 2025 ko‘rgazmasida Mobiuz Markaziy Osiyoda ilk bor 28 GGs (mmWave) radiochastota diapazonlariga asoslangan 5,5G texnologiyasini namoyish etdi.

Polosa kengligi (400 MGs) tufayli tarmoq bir vaqtning o‘zida ko‘proq ma’lumotlarni qayta ishlab, abonentlarni yuqori gigabitli tezlik bilan ta’minlaydi.

Natijada mobil internet tezligi 10 Gbit/s gacha yetishi, tarmoqning yuklama eng yuqori bo‘lgan joylarida esa yuqori o‘tkazuvchanlik ta’minlanishi mumkin.

Bu hali hammasi emas, sun’iy intellektga asoslangan operator — Moobina ismli ovozli yordamchi ham abonentlarning kompaniya xizmatlaridan tezkor va qulay foydalanishlariga ko‘maklashmoqda.

O‘zbek tilida so‘zlashib, turli viloyatlar shevasini ham yaxshi tushuna oladigan raqamli operator abonentlarni F.I.Sh va JShShIR ma’lumotlari orqali yaxshi taniydi.

Qolaversa, hisob balansingiz, paketlar qoldig‘i va raqam holatini tekshirib, sizga tariflar va xizmatlar haqida batafsil ma’lumot berish uchun Moobina yanada ko‘proq takomillashishda davom etmoqda.

Yilning eng shov-shuvli texnologik tadbirlari hamda dunyo e’tirof etgan yangiliklariga guvoh bo‘lishni va Mobiuzdan qimmatbaho sovg‘alar yutib olishni istasangiz ICT Week Uzbekistan 2025 haftaligiga tashrif buyuring.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring