Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIBB poytaxtda koronavirus yuqtirishdan ehtiyot bo‘lishni so‘ramoqda (foto)

IIBB poytaxtda koronavirus yuqtirishdan ehtiyot bo‘lishni so‘ramoqda (foto)

Foto: IIBB matbuot xizmati

Poytaxtda aholi orasida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning soni oshib bormoqda. Shu sababli Toshkent shahar IIBB xodimlari SEX xizmati vakillari bilan birgalikda xizmat ko‘rsatish va savdo sohalari ishchilari va fuqarolar orasida profilaktik ishlar olib borishmoqda.

Shahar aholisi va mehmonlariga sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga rioya qilish muhimligi eslatilmoqda. Oddiy tibbiy niqob taqish ham virus tashuvchi bilan o‘rtada jiddiy to‘siq vazifasini o‘tashi tushuntirildi. Yonida shaxsiy himoya vositasi bo‘lmaganlarga tibbiy niqob berildi. Savdo joylarida, go‘zallik salonlarida va boshqa xizmat ko‘rsatish ob’yektlarida antiseptiklar borligi, mijozlarning tana haroratlari o‘lchanishi, ijtimoiy masofa saqlanishi tekshirildi. Bundan tashqari, ko‘p qavatli uylarga kirish joylari va bolalar maydonchalari dezinfeksiya qilindi.

Jami o‘tkan sutka davomida ichki ishlar organlari xodimlari va SEX vakillari fuqarolar tomonidan epidemiyaga qarshi kurash qoidalari buzilganligi bilan bog‘liq (tibbiy niqobsiz yurish) 876 ta faktlarni, aholiga xizmat ko‘rsatish sohasi ishchilari tomonidan 19 qoidabuzarliklarni qayd etishdi.

Hurmatli toshkentliklar va poytaxt mehmonlari! Karantin qoidalariga jiddiy munosabatda bo‘lishingizni so‘raymiz. Koronavirus infeksiyasi xavfi yo‘qolishi va bizning odatiy hayot tarzimizga qaytishimiz o‘zimizga bog‘liq.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring