IIV tizimida «politsiya» tashkil etiladi

O‘zbekistonda atrof muhitni muhofaza qilish uchun IIV tizimida «Ekologiya politsiyasi» tashkil etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilayotgan videoselektor davomida ma’lum qilindi.
«Ekologiya politsiyasi» Toshkent shahri va viloyat markazlarida tashkil etiladi. Uning zimmasiga ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar, jumladan daraxtlarni ruxsatsiz kesish, brakonerlik, noqonuniy chiqindilar tashlash kabi holatlarga qarshi profilaktika vazifalari yuklatiladi.
«Ekologiya politsiyasi» Ichki ishlar tizimida faoliyat yuritadi, uning faoliyati o‘zi aniqlagan huquqbuzarliklardan undirilgan jarimalar hamda mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiriladi.
Ushbu yangi tizim faoliyatini yil yakuniga qadar yo‘lga qo‘yishga ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev shaxsan mas’ul bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter