Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki jahon urushini ko‘rgan qariya uzoq umr sirini aytdi

Ikki jahon urushini ko‘rgan qariya uzoq umr sirini aytdi

Eng keksa britaniyaliklardan biri o‘zining uzoq umr ko‘rish sirlari bilan o‘rtoqlashdi. Aytilishicha, u nonushtaga alohida turdagi ovqatlar iste’mol qiladi.

Leonard Xous oktyabr oyi o‘rtalarida 107 yoshga to‘ldi. Qariya 1916-yilda tug‘ilgan va ikki jahon urushini ko‘rgan. 14 yoshida u maktabni tashlab, chilangar bo‘lib ishlay boshladi. Ikkinchi jahon urushi paytida u aloqachi bo‘lib xizmat qildi, keyin telefon kompaniyasiga ishga kirdi va nafaqaga chiqqunga qadar u yerda qoldi.

Leonardning kelini Kerol Xousning so‘zlariga ko‘ra, erkak yoshi katta bo‘lishiga qaramay, sog‘lig‘i yomon darajada emas, biroq so‘nggi paytlarda uning biroz xotirasi susayib, oyoqqa turishi qiyin bo‘lib qolgan.

Xousning fikricha, uning uzoq umr ko‘rishi uning donli mahsulotlarga boy nonushtani yaxshi ko‘rishi bilan bog‘liq. Qariya doimo sut va ko‘p miqdorda shakar qo‘shilgan ichimliklarni iste’mol qiladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring