Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki karra olimpiya chempioni ikki yilga chetlatildi

Ikki karra olimpiya chempioni ikki yilga chetlatildi

Taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni, o‘zbekistonlik taekvondochi Ulug‘bek Rashitov antidoping qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilib, ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi.

Xalqaro doping tahlili agentligi (ITA) rasmiy bayonotida qayd etilishicha, sportchi so‘nggi 12 oy ichida uch marta o‘zining joylashuvi haqida noto‘g‘ri ma’lumot bergan. Bu harakat antidoping qoidalariga ko‘ra, sinovdan bosh tortish bilan tenglashtiriladi va jiddiy qoidabuzarlik hisoblanadi.

Sportchining musobaqalardan chetlashtirilish muddati 2025-yil 13-maydan 2027-yil 12-maygacha etib belgilandi.

Ma’lumot uchun: navbatdagi Olimpiya o‘yinlari 2028-yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring