Ikki nafar yosh bola ota-onasiga sog‘-omon topshirildi

Kuni kecha soat 15:14 da Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani FV bo‘limiga «Shodlik» ko‘chasida joylashgan ikki qavatli uy xonadonlarining birida ikki nafar yosh bolaning kirish eshigi qulflanib, ichkarida qolib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

«Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus avtonarvon yordamida xonadon derazasidan ichkariga kirdilar va yolg‘iz qolgan bolalarni yaqinlariga sog‘-omon topshirdilar», deyiladi FVV xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter