Ikki tomonli quyosh paneli chiqarildi
Mutlaqo yangicha — ikki tomonlama quyosh paneli ishlab chiqildi, unda elektrod vazifasini bajaruvchi uglerodli nanotrubkalar old va ort tomonlarga o‘rnatildi. Surrey, Kembrij, Sidian, Chjenchjou universitetlari va Xitoy fanlar akademiyasi olimlaridan iborat jamoa ushbu tadqiqot natijalarini Nature Communications jurnalida e’lon qildi.
Doktor Jin Chjan (Surrey ilg‘or texnologiyalar instituti tadqiqotchisi) ta’kidlashicha, yangi panel quyosh nurini har ikki tomoni bilan yig‘a oladi, tabiiyki, ko‘proq energiya ishlab chiqariladi, qolaversa, bunday panellarga quyosh nuri ko‘proq tushadi.
Ikki tomonlama panelning har kvadrat santimetri 36 mVt energiya ishlab chiqaradi, ort panel asosiysi bilan deyarli bir xil (97 foiz) energiya bergani diqqatga sazovor.
Professor Ravi Silva (Ilg‘or texnologiyalar instituti direktori) va boshqa olimlar yangi panel dekarbonizatsiyani ko‘zlagan dunyo uchun yangi panel a’lo yechimlardan biri bo‘lishiga umid qilishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter