Ikki viloyatga IIB boshliqlari tayinlandi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
Unga ko‘ra, polkovnik Tasbayev Azat Damirovich Navoiy viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar A.Tasbayev Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Polkovnik Rahmatullayev Ayubxon Toshxo‘jayevich Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar A.Rahmatullayev IIV Moliya va moddiy-texnika ta’minoti departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter