Ikki viloyatni bog‘lovchi dovonda harakat tiklandi
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi «Taxtaqoracha» dovonida noqulay ob-havo sharoiti sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklangan edi.
Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga kщra, muzlamalarni eritish uchun qum-tuz aralashmalari sepilib zaruriy choralar ko‘rildi.
Ayni vaqtda dovon yo‘lida avtotransport vositalari harakatiga ruxsat berilgan.
«Haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lishlarini, ob-havo va yo‘l sharoitini inobatga olib transport vositasini boshqarishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter