Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi

Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlanganini e’lon qildi.

2025/2026-o‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi ta’lim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Bunda nomzodlar platformada:

  • o‘zining pasport ma’lumotlari, JShShIR ma’lumoti haqida axborotlarni kiritadi;
  • diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
  • hamda o‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlaydilar.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun: ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring