Ilhom Aliyev Moskvaga safarini bekor qildi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 9-may kuni Moskvaga safarini bekor qildi.
Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
"Ular buni shunday izohladilar: Ozarbayjon rahbari o‘z otasi Haydar Aliyevga bag‘ishlangan ichki tadbirlarda ishtirok etishi kerak", - deya Ushakovning "Yunashev Live" Telegram kanaliga bergan izohidan iqtibos keltiradi Rossiya axborot agentliklari.
10-may kuni Ozarbayjonda mamlakatning birinchi prezidenti, amaldagi davlat rahbarining otasi Haydar Aliyevning tug‘ilgan kuni nishonlanadi.
Aliyevdan tashqari Laos prezidenti Tongloun Sisulit ham Moskvaga tashrifini bekor qildi. U koronavirus bilan kasallangan. Uning o‘rniga Laos tashqi ishlar vaziri qatnashadi.
Ilhom Aliyev o‘rniga Ozarbayjon nomidan boshqa siyosiy arbob keladimi yoki yo‘qmi, aytilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter