Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask bitkoinga munosabat bildirdi: «Sakkiz yil avval sotib olishim kerak edi...»

Ilon Mask bitkoinga munosabat bildirdi: «Sakkiz yil avval sotib olishim kerak edi...»

Foto: «Coinfeed.ru»

«Tesla» rahbari Ilon Mask bitkoin tez orada jahon an’anaviy moliya bozorida tan olinishini aytdi.

«Ayni paytda bitkoinga munosabatim — yaxshi. Boshqa kriptovalyutalar haqida aniq fikrga ega emasman», — dedi Mask.

Ilon Mask sakkiz yil avval bitkoin sotib olganim yaxshi edi dedi. Eslatib o‘tamiz, bitkoin narxi o‘tgan yil oktyabridan beri 200 foizga o‘sgan.

2021-yilning yanvar oyida «Tesla» rahbari o‘z tvitter-akkaunti xeshtegiga bitkoinni joylagan edi. Shundan so‘ng ushbu kriptovalyuta narxi 32 mingdan 37 ming dollarga ko‘tarilib ketdi.

Mask: «Nima deyayotganimga hushyor bo‘lishim lozim, bu bozorga ta’sir qilishi mumkin».

Milliarder dekabr oyida o‘z tvitterida «Tesla»ning balansini to‘liq bitkoinga o‘tkazish mumkinmi-yo‘qligiga qiziqish bildirgandi. Holbuki, bungacha u eng ommalashgan kiriptovalyutani yerga urib kelgan.

Uzoq istiqbolda bitkoin qiymati 50 ming dollardan oshishi mumkin. «Luno» kriptobirjasi hamda «OSK» brokerlik kompaniyasi tahlilchilariga ko‘ra, yaqin 3-10 yilda bitkoin ommalashishda davom etadi va aksincha, oltin sarmoya kiritish uchun jozibadorligini yo‘qotishi mumkin ekan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring