Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask yil boshidan buyon 100 milliard dollardan ziyod pul yo‘qotdi

Ilon Mask yil boshidan buyon 100 milliard dollardan ziyod pul yo‘qotdi

Sayyoradagi eng boy odam, Space X asoschisi, Tesla va Twitter egasi Ilon Maskning boyligi 2022-yil boshidan buyon 100 milliard dollardan ko‘proqqa kamaydi.

Bu haqda Bloomberg xabar tarqatdi.

Mask yil boshidan buyon 100,5 milliard dollar yo‘qotdi, bu milliarderlar indeksidagi eng keskin pasayishdir. Birgina 21-noyabr kuni Mask 8,6 milliard dollar yo‘qotgan.

Bu Tesla aksiyalarining so‘nggi ikki yil ichida eng kuchli pasayishiga sabab bo‘lgan.

Shunga qaramay, Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra tadbirkor 170 milliard dollar boyligi bilan dunyodagi eng boy odamligicha qolmoqda. Reytingda ikkinchi o‘rinni fransuz biznesmeni Bernard Arno egallab turibdi, uning ixtiyorida 157 milliard dollar bor.

Oktyabr oyining ikkinchi yarmida Amerikaning Forbes jurnali Ilon Mask 2021-yil noyabr oyi boshidan buyon boyligining 35 foizini yo‘qotganini, o‘sha payt uning ixtiyorida 320,3 milliard dollar bo‘lganini yozgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring