Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Maskning Starlink loyihasi og‘riqli zarbaga uchradi

Ilon Maskning Starlink loyihasi og‘riqli zarbaga uchradi

Ilon Maskning Starlink sun’iy yo‘ldosh internet loyihasi juda og‘riqli zarbaga uchradi: 3-fevralda uchirilgan 49 ta sun’iy yo‘ldoshdan 40 tasi yaqin orada orbitadan chiqib ketadi va geomagnit bo‘ron tufayli atmosferada yonib ketishi mumkin.

Loyiha bo‘yicha hammasi bo‘lib, yer orbitalarida 12 mingta shunday sun’iy yo‘ldoshlardan iborat bo‘lishi kerak. Bo‘ron atmosferaning isishiga olib kelgan va guruh joylashgan balandliklarda uning zichligi va qarshiligini oshirgan. Bu ma’lumot SpaceX veb-saytida e’lon qilingan xabarda keltirilgan.

O‘tgan hafta Kennedi kosmik markazidan Falcon 9 raketasi yordamida Starlink sun’iy yo‘ldoshlarining yana bir partiyasini uchirilishi ma’lum bir nuqtaga qadar juda oddiy, hatto muntazam operatsiyaga o‘xshardi. Falcon 9 ning ikkinchi bosqichi sun’iy yo‘ldoshlarni Yerdan taxminan 210 km balandlikdagi perigey bilan mo‘ljallangan orbitaga olib chiqdi, shundan so‘ng har bir bunday sun’iy yo‘ldosh avtonom boshqariladigan parvoz bosqichiga o‘tgan. 201 -yildan beri SpaceX yuqori tezlikdagi internetni dunyoning barcha burchaklariga, ayniqsa internetga muntazam kirish imkoni bo‘lmagan yoki jiddiy cheklangan joylarga yetkazish maqsadida ushbu sun’iy yo‘ldoshlarning 2000 dan ortig‘ini uchirgan.

Biroq, 3 fevral kuni ishga tushirilgandan so‘ng darhol Yer atmosferasiga geomagnit bo‘ron yopirilgan. Bo‘ron «avvalgi uchirilishlarga qaraganda havoga 50 foiz ko‘proq qarshilik ko‘rsatdi» va sun’iy yo‘ldoshlarning mo‘ljallangan orbitalariga chiqishiga to‘sqinlik qilgan.

Geomagnit bo‘ron so‘ng darhol sun’iy yo‘ldoshlar xavosiz holatga o‘tkazilgan, biroq ularning bir nechtasi qarshilik ko‘rsatishga qodir bo‘lmagan.

Space X sun’iy yo‘ldoshlari «yer atmosferasiga qayta kirishi yoki allaqachon kirib bo‘lgani» va ularning qisqa vaqt ichida yonib ketishini aytgan. Uarning parchalari yer yuzasiga yetib kelmaydi.

Space X shuningdek, yonib ketgan sun’iy yo‘ldoshlar boshqa kosmik kemalar uchun xavf tug‘dirmasligini aytgan.

Garvard-Smitson astrofizika markazi astronomi Jonatan Makdauell Tvitterida: «Biz Starlinkning so‘nggi partiyasi uchun orbital yangilanishlar yetishmasligini angladik», deya yozib qoldirgan.

Albatta, 40 ta yo‘qolgan SpaceX sun’iy yo‘ldoshlari orbitaga chiqarilgan 2000 ta sun’iy yo‘ldoshlar fonida unchalik halokatli yo‘qotish bo‘lib ko‘rinmaydi. Biroq, bu jiddiy tijoriy oqibatlariga olib kelishi mumkin, chunki investorlar butun loyiha qanchalik yaxshi o‘ylanganiga shubhalanishadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring