Indoneziya hukumati O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natdi

Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Siti Ruhaini Juhayatin xonim mamlakat TIV rahbari Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Marosimda har ikki tomon «siyosiy muloqotdan tortib iqtisodiy diplomatiyagacha bo‘lgan barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini» e’tirof etishgan.
«Shubhasiz, O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun ko‘plab sohalarda keng imkoniyatlar mavjud.
Elchi xonimning boy tajribasini qadrlaymiz va mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz», – deb yozadi Saidov.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter