Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziya prezidenti Xitoyga safarini bekor qildi

Indoneziya prezidenti Xitoyga safarini bekor qildi

Foto: Reuters / Getty Images

Indoneziya prezidenti Prabovo Subianto Xitoyga safarini bekor qildi, u Pekinda Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etishi kerak edi.

Mamlakatda deyarli bir haftadan buyon ko‘p ming kishilik tartibsizliklar davom etmoqda — oqibatda kamida 4 kishi halok bo‘lgan, 5 kishi jarohatlangan.

Deputatlarning oylik uy-joy xarajatlari qoplab berilishi haqidagi xabardan norozi indoneziyaliklar isyon ko‘tarishdi.

Vaziyat ancha qaltis, shu bois Indoneziya prezidenti Xitoyga safarini bekor qildi, deb xabar berdi Reuters.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring