Indoneziyada Levotobi vulqoni uyg‘ondi: 10 kishi halok bo‘ldi, aeroportlar yopilmoqda
Indoneziyada vulqon otilishi sababli Nusa-Tengara provinsiyasining Flores orolida joylashgan to‘rtta aeroport vaqtincha yopildi. Bu haqda ANTARA agentligi xabar berdi.
Mamlakatda Levotobi vulqoni uyg‘ongan. Vulqon oqibatida qaynoq lava va qum otilmoqda, yaqinda joylashgan Klatanlo qishlog‘iga talafot yetgan. Ko‘p odamlar jarohatlangan, shulardan 10 nafari vafot etgan.
Vulqon kullari samolyotlarning parvozi uchun xavfli, shu bois unga yaqin aeroportlar faoliyati to‘xtatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter