Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyada suv toshqinlari 174 kishining umriga zomin bo‘ldi

Indoneziyada suv toshqinlari 174 kishining umriga zomin bo‘ldi

Indoneziyaning Sumatra orolidagi ko‘chkilar va suv toshqinlari 174 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, deb xabar beradi Reuters agentligi. Agentlik Indoneziyaning tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi ma’lumotlariga tayanib bu haqda xabar bergan. Avvalgi qurbonlar soni 94 kishi edi

O‘nlab indoneziyaliklar bedarak yo‘qolgan. Jakarta Post gazetasi 100 kishi bedarak yo‘qolganini xabar qilmoqda. Ba’zi hududlarda aloqa va elektr ta’minoti uzilgan. 

So‘nggi bir necha kun ichida kuchli yomg‘irlar Indoneziya, Tailand, Malayziya va Shri-Lankada suv toshqinlarini keltirib chiqardi. Tribun News ma’lumotlariga ko‘ra, Tailandda taxminan 145 kishi halok bo‘lgan. Eng ko‘p qurbonlar Songkhla provinsiyasida qayd etilgan. 

Shri-Lankada halok bo‘lganlar soni 56 kishiga yetdi, yana 21 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanadi. Malayziyaning ko‘plab hududlarida suv sathi 60-100 sm ga yetdi. 21 000 dan ortiq aholi evakuatsiya qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring