Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyada toshqinlar keltirgan zarar 4 mlrd dollardan oshib ketdi

Indoneziyada toshqinlar keltirgan zarar 4 mlrd dollardan oshib ketdi

Indoneziyada yuz bergan tabiiy ofatdan yetkazilgan umumiy zarar taxminan 68,67 trillion rupiyni (taxminan 4,1 milliard dollar) tashkil etadi, bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining taxminan 0,29 foiziga teng.

Bu haqda The Jakarta Post gazetasi Iqtisodiy va huquqiy tadqiqotlar markazi (Celios) hisobotiga tayanib xabar bermoqda.

Celios’ning hisob-kitoblariga ko‘ra, uy-joylarning vayron bo‘lishi, ko‘priklarning qulashi, yo‘l infratuzilmasining shikastlanishi, uy xo‘jaliklari daromadlarining yo‘qolishi va qishloq xo‘jaligi yerlarining vayron bo‘lishi kabi kutilgan moddiy yo‘qotishlar, jumladan, Acheh provinsiyasida 2,2 trillion rupiyni, Shimoliy Sumatrada 2,07 trillion rupiyni va G‘arbiy Sumatrada 2,01 trillion rupiyni tashkil qiladi.

The Guardian gazetasi Indoneziyaning Milliy tabiiy ofatlarni boshqarish agentligiga (BNPB) tayanib, yirik suv toshqini natijasida 593 nafar aholi halok bo‘lganini, 2600 nafari jarohatlanganini va yana 468 kishining taqdiri noma’lumligini xabar qildi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Sumatra g‘arbiy orolidagi uchta viloyatda 578 000 dan ortiq aholi evakuatsiya qilingan.

Noyabr oyida taxminan 60 million kishi istiqomat qiladigan Sumatra orolida sodir bo‘lgan suv toshqinlari va ko‘chkilar 5000 dan ortiq binolarga jiddiy zarar yetkazgan. Tailand rasmiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, 3,5 milliondan ortiq odam jabr ko‘rgan

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring