Infarkt va insult xavfini ikki barobar kamaytirish usuli
Nodira Alixanova, vazirlik huzuridagi Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori:
Piyoda yurish orqali organizm sezilarli darajada kaloriya yo‘qotadi. Masalan, 70 kg. vaznli kishi yugurish vaqtida soatiga taxminan 500-600 kkal., piyoda yurish davomida 250 kkal. sarflaydi.
Natijada ortiqcha energiya sarflanib, gormonlar ishlab chiqilishi, mushaklardagi qon ta’minoti yaxshilanadi. Umurtqa pog‘onalari to‘qimalari kislorod bilan to‘yinadi. Asab tolalari mustahkamlanib, infarkt va insult kabi og‘ir kasalliklar xavfi ikki baravar kamayadi.
Yurganda har daqiqada 5 kkal. yo‘qotiladi. Og‘irlik qancha ko‘p bo‘lsa, energiya shuncha ko‘p sarflanadi. Misol uchun, 1,5 kilometr yurganda:
72 kg. vaznli inson — 105 kkal.,
100 kg. vaznli kishi — 135 kkal. yo‘qotadi.
Piyoda yurish orqali organizmdagi barcha ortiqcha tuzlar va toksinlar chiqib ketadi. Natijada tana tozalanib, inson yengil harakatlanadi, sog‘ligi yaxshilanadi va umri uzayadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter