Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

InfinBank ijtimoiy mas’uliyatli bizneslar TOP-7 taligiga kirdi

InfinBank ijtimoiy mas’uliyatli bizneslar TOP-7 taligiga kirdi

Londonda bo‘lib o‘tgan «O‘zbekistonlik» xalqaro forumida Uzbekistan’s Club jamoasi tarkibida InfinBank ham bo‘lgan ijtimoiy mas’uliyatli bizneslar TOP-7 taligini taqdim etdi.

Uzbekistan’s Club – bu butun dunyo bo‘ylab muvaffaqiyatli o‘zbekistonliklarni birlashtirish, shuningdek, o‘zbekistonliklar imijini targ‘ib qilish maqsadida yaratilgan global platformadir. Londondagi tadbirda ijodiy jamoa vatandoshlarimiz hikoyalarini aytib berish va yangi tendensiyalarni yaratishga yordam beradigan jurnalning ilk sonini taqdimot qildi.

Jurnalning birinchi sonida muharrirlar ESG (Environmental, Social, Governance) madaniyatini rivojlantirish va yirik bizneslarning ijtimoiy mas’uliyatiga e’tibor qaratishgan. ESG g‘oyalari xayriya emas, balki tadbirkorlar va ishbilarmonlarning mas’uliyati haqidadir.

Milliy TOP-7likka InfinBank’ning «Matonat Futbol» loyihasi kirdi. Bank nogiron-amputantlar futbolini rivojlantirish markaziga, oyoq-qo‘llarining amputatsiyasidan so‘ng yoki tug‘ma patologiya tufayli nogironligi bo‘lgan shaxslarga yordam ko‘rsatdi.

2022 yilda InfinBank «Matonat. Mashaqqatli g‘alaba» filmi yaratilishi tashabbuskori va homiysiga aylandi. Bu bizning yurtdoshlarimiz – nogiron-amputantlar o‘rtasida dunyoning eng nomdor «Matonat» futbol jamoasi haqidagi hujjatli hikoyadir.

Bank amputant futbolchilar o‘rtasidagi birinchi O‘zbekiston chempionati – Mustaqillik kubogini o‘tkazishda ham ishtirok etdi. Ushbu hamkorlik tufayli O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatiga yo‘llanma oldi va chempionatning bronza medallarini qo‘lga kiritib qaytdi.

InfinBank ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillarini qo‘llab-quvvatlaydi va bu kabi tashabbuslarni rivojlantirishda davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring