Inomjon Majidov O‘zMUga rektor bo‘lishi kutilmoqda
Eslatib o‘tamiz, bugun 14-yanvar kuni Qonunchilik palatasi yig‘ilishida Abduqodir Toshqulov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Ushbu xabar ortida OAV va turli tarmoqlarda shu vaqtga qadar vazirlikka rahbarlik qilgan Inomjon Majidov O‘zbekiston Milliy universitetiga rektor etib tayinlanishi xabari tarqaldi.
Xabar.uz manbasiga ko‘ra, ushbu xabar asoslidir. Tez orada Majidov rasman rektor lavozimiga tayinlanadi.
Inomjon Majidov qariyb 3,5 yil vazirlikni boshqardi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter