Insonga tegishli DNK birinchi marta tahrir qilindi

Prime Medicine biotexnologiya kompaniyasi mutaxassislari CRISPR deb nomlangan pray-tahrirlash texnologiyasini birinchi marta qo‘llashdi. Bu haqda Nature xabar berdi.
Bu usul DNKga nuqtali (manzilli) o‘zgartirishlar kiritish va immunitet hujayralari faoliyatini buzadigan mutatsiyani tuzatish imkonini berdi, deyiladi xabarda.
Texnologiya qo‘llangan 18 yoshli bemor yigit juda kam uchraydigan immun buzilishi — surunkali granulyomatoz kasalligiga chalingan (vaqtida davolanmasa, 6-12 oyda o‘limga olib keladi). Uni davolash uchun qonidan ildiz hujayralari olinib, tahrirlandi va kimyoviy terapiyadan so‘ng qayta kiritildi.
«Davolashdan so‘ng bir oy o‘tib, bemorda jiddiy yon ta’sirlar kuzatilmadi, asosiy ferment funksiyasi esa neytrofillarning uchdan ikki qismida tiklandi — bu immunitetni sezilarli darajada mustahkamlash uchun yetarli», — deyiladi xabarda.
Muvaffaqiyatga qaramasdan, kompaniya ushbu terapiyani mustaqil ravishda rivojlantirmoqchi emas, chunki juda murakkab va qimmat. Portal yozishicha, Prime Medicine endi bevosita organizmga kiritish mumkin bo‘lgan nisbatan oddiyroq davolash usullari bilan shug‘ullanmoqchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter