Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Insoniyat 2021-yilda ommaviy immuntitetga erisha olmaydi» — JSST vakili

«Insoniyat 2021-yilda ommaviy immuntitetga erisha olmaydi» — JSST vakili

Foto:«Reuters»

2021-yilda ham insoniyat koronavirusga qarshi kollektiv immuntitetga erisha olmaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bosh tadqiqotchisi Sumya Svaminatan, shunday fikrda.

«Biz 2021-yilda ommaviy immunitetga erisha olmaymiz. Ba’zi mamlakatlarda millionlab himoyalanmagan odamlar bor», — dedi u brifingda.

Svaminatan hech bo‘lmaganda yil oxiriga qadar va emlash tugagunga koronavirusga qarshi choralarni ko‘rib turish zarurligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, jahonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 90 million nafardan oshib ketdi. Ulardan qariyb 1,9 millioni hayotdan ko‘z yumdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring