Intelni raqobatchisi yutib yuborishi mumkin
Amerikaning ARM-protsessorlar ishlab chiqaruvchi Qualcomm kompaniyasi raqobatchi Intel kompaniyasini sotib olmoqchi. Intel hozirda jiddiy moliyaviy inqirozni boshdan o‘tkazmoqda, deb yozdi The Wall Street Journal.
Shu kunlarda Qualcomm o‘z taklifini Intel kompaniyasiga jo‘natgan. Agarda bir texnogigant ikkinchisini yutib yuborsa, bu tarixdagi eng yirik bitimlardan biri bo‘ladi, deyishmoqda ekspertlar.
Qualcomm nimalarni taklif qilgani noma’lum. Intel bozor qiymati — $87 mlrd.
Uzoq yillar protsessorlar bozori yetakchisi bo‘lib kelgan Intel hozirda og‘ir kunlarni o‘tkazmoqda. Joriy yil ikkinchi choragidan kompaniya 1,6 mlrd dollardan ziyod sof ziyon bilan chiqdi. O‘tgan oy kompaniya xodimlarining 15 foizini yoki 17,5 ming nafarini qisqartirishga qaror qildi, qolaversa, shu yilning to‘rtinchi choragidan dividendlar to‘lashni vaqtincha to‘xtatib turishini e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter