Internetning 30 yillik rivojlanish tarixi raqamlashtirildi
Opera kompaniyasi internetning rivojlanish tarixiga bag‘ishlangan Web Rewind interaktiv portalini taqdim etdi. Opera brauzeri ishga tushirilganiga 2026 yilda 30 yil to‘ladi, loyiha shu munosabat bilan ishga tushirildi.
Web Rewind 1995-yildan hozirgacha bo‘lgan davrni qamrab oluvchi xronologik tuzilishga ega raqamli arxivdir. Foydalanuvchilarga dial-up va disketlar davridan tortib, yirik onlayn platformalar va servislar paydo bo‘lgunga qadar yillar kesimida asosiy voqealar va texnologik bosqichlar sharhi taqdim etilgan.
Arxivda qayd etilgan muhim bosqichlar qatoridan Googlening ishga tushirilishi, MySpace va Twitterning rivojlanishi, shuningdek, veb-texnologiyalar va foydalanuvchi interfeyslarining evolyusiyasi kabi voqealar joy olgan. Taqdim etilgan ob’yektlarning aksariyati interaktivdir. Foydalanuvchilar virtual elementlar bilan ishlashlari mumkin, masalan, 1995-yil bo‘limida klaviaturani bosish, sichqonchadan foydalanish yoki kompyuterni sahifalab ko‘rish imkoniyati bor.
Ushbu loyiha internetning o‘tgan 30 yildagi texnologik transformatsiyasini namoyish etishga hamda brauzerlarning zamonaviy raqamli muhitni shakllantirishga qo‘shgan hissasini aks ettirishga qaratilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter