Iroqdagi namoyishlarda 260 nafar politsiya xodimi jarohatlandi

Iroqda 10 kundan beri davom etayotgan ommaviy namoyishlarda 260 nafar politsiya xodimi jarohatlandi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Namoyishlarda 262 nafar harbiy jarohatlandi. Xalqimiz o‘g‘lonlarini tajovuzkorlar haqida xabar berishga chaqiramiz», – degan Bag‘dodga o‘tkazilgan matbuot anjumanida polkovnik Yahyo Rasul.
Namoyishlar bir hafta avval Iroq janubidagi port shahar Basrada boshlangan edi. Ishsizlikni qoralab, kommunal sohadagi holatning yomonligi tufayli uyushtirilgan namoyishlarda o‘tgan yakshanba kuni bir kishining halok bo‘lishi vaziyatni chigallashtirib yubordi.
Namoyishchilar hukumatdan elektr energiyasi va suv ta’minotidagi uzilishlarga barham berishni talab qilmoqda.
Hozir namoyishlar mamlakat janubidagi Maysan, Karbalo, Najaf, Di-Kar, Basra va Bobil shaharlarida ham davom etyapti. Namoyishchilar va ularning qonuniy talabi Iroq shialarining rahnamosi Ali as-Sistoniyning qo‘llab-quvvatlashdir.
Hukumat namoyishchilarning talabini qondirish maqsadida alohida komissiya tuzdi. Aholi talabiga binoan suv tarmog‘i, ichimlik suvi va elektr energiyasini yaxshilash maqsadida Basraga 2 milliard dinor (17 million dolar atrofida)mablag‘ ajratildi. Shuningdek, hukumat viloyatlarda 10 mingta yangi ish o‘rni yaratishga va’da berdi.
Iroqda rasmiy ishsizlik darajasi 10,8 foizni tashkil etadi. Ishsizlarning 60 foizdan ziyodi 24 yoshdan kichik o‘smirlardir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter