Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iroqni xonavayron qilgan korrupsiya: 2 trillion dollarlik yo‘qotish

Iroqni xonavayron qilgan korrupsiya: 2 trillion dollarlik yo‘qotish

Foto: Shutterstock

Iroq budjeti korrupsiya tufayli 2003-yildan buyon 2 trillion dollardan ortiq ziyon ko‘rdi. Bu haqda mamlakat bosh vazirining maslahatchisi Munir Haddod ma’lum qildi.

O‘tgan yakshanba kuni korrupsiyaga aloqador 47 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Ular orasida davlat amaldorlari va parlament a’zolari ham bor.

«Hibsga olinganlardan birining rafiqasi 50 million dollarga kvartira sotib olgan. O‘zi yoki qarindoshlari nomiga rasmiylashtirilgan 50 tadan ortiq kvartiraga ega bir necha amaldorning ham qo‘liga kishan taqildi», — dedi Munir Haddod INA agentligiga bergan intervyusida.

Ta’kidlanishicha, hibsga olinganlar soni tobora ortmoqda, chunki korrupsiyaga qarshi amaliyotlar har kuni va mutlaqo maxfiylik sharoitida o‘tkazilmoqda.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi bahosiga ko‘ra, Iroq iqtisodiyotining 2026-yildagi hajmi 264,8 milliard dollar bo‘ladi. Korrupsiya orqali talon-toroj qilingan 2 trillion dollar esa mamlakatning qariyb sakkiz yillik iqtisodiy mahsulotiga teng.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring