Ishlamagan xotini va boshqalarga ish haqi to‘lagan bosh direktor tergovga tortildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Shahrisabz davlat muzey-qo‘riqxonasi bosh direktori N.X.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Aytilishicha, muzey-qo‘riqxona rahbari amalda ishlamagan turmush o‘rtog‘i D.V. va yana 4 nafar fuqaroga soxta hujjatlar asosida ish haqi hisoblab, 62,9 mln. so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, holat bo‘yicha N.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining167-moddasi (o‘zlashtirish) 2-qismi «g» bandi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter