Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ishonchnomani onlayn rasmiylashtirish narxi ma’lum qilindi

Ishonchnomani onlayn rasmiylashtirish narxi ma’lum qilindi

Ertaga, 1 sentyabrdan boshlab avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni my.gov.uz orqali ham masofadan, ham o‘zingizga qulay narxda rasmiylashtirsangiz bo‘ladi.

Ya’ni haydovchilar ishonchnoma olish uchun notarial idora izlab yurishmaydi, hujjatni tasdiqlatish uchun navbatlarda ham turishmaydi. Barcha jarayonlar onlayn amalga oshiriladi.

Hujjat unutib qoldirilganida ham muammo yuzaga kelmaydi. Chunki ishonchnomalar YPX xodimlari tomonidan elektron tekshiriladi.

Elektron ishonchnoma uchun alohida to‘lov tartibi (davlat boji – BHM ning 3 baravari – 900 ming so‘m) belgilangan.

Bunda davlat boji:

1 oygacha bo‘lgan muddatga – 10 % (90 ming so‘m);

6 oygacha bo‘lgan muddatga – 50 % (450 ming so‘m);

3 yilgacha bo‘lgan muddatga – 100 % (900 ming so‘m miqdorida) undiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring