Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Islom birdamligi o‘yinlari ishtirokchilari Toshkentda tantanali kutib olindi (foto)

Islom birdamligi o‘yinlari ishtirokchilari Toshkentda tantanali kutib olindi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Turkiyaning Ko‘nyo shahrida o‘tkazilgan V Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi Toshkent shahrida tantanali kutib olindi.

Prezidentning matbuot kotibi Sherzod Asadov shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda davlat rahbari sportchilarimizga yo‘llagan tabrikni o‘qib berdi.

Shavkat Mirziyoyev o‘z tabrigida 56 ta davlatdan 4200 nafar sportchi ishtirok etgan ushbu musobaqalarda 51 ta oltin, 42 ta kumush va 65 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan milliy terma jamoamiz a’zolari ulkan mahorat, g‘ayrat va matonatini, g‘alabaga bo‘lgan yuksak intilish va irodasini namoyon etganini alohida ta’kidlagan.

Prezident shunday vatanparvar va salohiyatli yigit-qizlarni tarbiyalagani uchun ularning ota-onalariga, ustoz va murabbiylariga o‘z nomidan va butun xalqimiz nomidan minnatdorlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 18-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev ushbu o‘yinlarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar hamda ularning trenerlarini bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring