Ispaniyada 46 darajali jazirama rekordi o‘rnatildi

Ispaniyaning Uelva provinsiyasida joylashgan El-Granado shahrida o‘tgan shanba kuni 46 daraja issiq harorat qayd etildi, deb xabar berdi Bild nashri. Ispaniyada meteokuzatuvlar tarixida iyun oyida bunchalik jazirama kuzatilmagan.
Mamlakatning Aemet meteorologiya agentligi xabar berishicha, oldingi rekord — 45,2 daraja issiq 1965-yil iyunida Sevilyada qayd etilgan.
Shuningdek, shanba kuni Ispaniyaning boshqa joylarida ham jazirama hukm surdi:
- 44,0 °C — Montoro (Kordova),
- 43,9 °C — Fuentes-de-Andalusiya,
- 43,5 °C — Moron-de-la-Frontera va Alkonchel,
- 43,4 °C — Anduxar
Anomal jazirama kamida seshanbagacha cho‘zilishi kutilmoqda. Aemet ma’lumotiga ko‘ra, shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi Gran-Kanariyaning ayrim joylarida harorat 30 darajalan pastlamagan. Pireney yarimorolining ayrim hududlarida tungi eng past harorat 28 darajasini tashkil etgan.
Italiya, Fransiya, Portugaliya ham jaziramadan aziyat chekmoqda, Germaniyada esa kelayotgan chorshanba kuni havo harorati 40 darajagacha yuqorilishi kutilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter