Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniyada aholi turistlar oqimidan charchadi

Ispaniyada aholi turistlar oqimidan charchadi

Ispaniyaning bir qator yirik shaharlari va orollarida turizmga qarshi keng qamrovli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. 

Jumladan, Barselona, Valensiya, Madrid shaharlari hamda Kanar, Tenerife va Lansarote orollarida minglab mahalliy aholi ko‘chalarga chiqdi.

Norozilik aksiyalarida ishtirok etganlar uy-joy narxlarining keskin oshishi, ijaradagi kvartiralar taqchilligi, atrof-muhitning ifloslanishi va infratuzilmaga tushayotgan bosimda turizm sektorini aybladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilning yanvaridan oktyabrigacha aholisi 2,2 million nafar bo‘lgan hududlarga 10 millionga yaqin sayyoh tashrif buyurgan. Mahalliy aholi bu holat ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni yanada kuchaytirganini ta’kidlamoqda.

Hozirda Ispaniya hukumati turizm siyosatini qayta ko‘rib chiqish, ayniqsa, qisqa muddatli ijara bozorini tartibga solish bo‘yicha qator choralar ko‘rmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring