Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniyada koronavirus eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi — endi chekinishiga umid qilishyapti

Ispaniyada koronavirus eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi — endi chekinishiga umid qilishyapti

Salvador Ilya.

Foto: «Canarian Weekly»

Ispaniyada koronavirus tarqalishi o‘z cho‘qqisiga chiqib bo‘ldi. Bu haqda bugun, 13-mart kuni mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Salvador Ilya bayonot berdi, deyiladi «Korrespondent» tarqatgan xabarda.

«Qo‘limizdagi ma’lumotlar biz epidemiyaning birinchi bosqichini bosib o‘tganimizni, ya’ni cho‘qqisiga ko‘tarilganimizni tasdiqlaydi. Hukumatning endigi vazifasi ana shu cho‘qqidan pasayishga erishishdir», — dedi Ilya.

Vazir mamlakatda odamlarning harakatlanishiga qo‘yilgan cheklov o‘z kuchida qolishini ham ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun: Ispaniyada koronavirusni yuqtirish bo‘yicha birinchi holat 2020-yilning 31-yanvar kuni qayd etilgandi. Koronavirus Italiyada epidemiyaga aylanganidan keyin Ispaniyada ham tarqalishi keskin kuchayib ketdi. Ayni paytga kelib mamlakatda koronavirusni yuqtirganlar soni 170 ming nafarga yetdi (bu borada mamlakat jahonda 2-o‘rinda), qurbonlar soni 17 489 kishi.

Oxirgi 24 soatda Ispaniyada koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 3 477 ta yangi holat aniqlandi — bu oxirgi uch haftadagi eng past ko‘rsatkich.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring