Ispaniyada pishloq uy narxida sotildi

Ispaniyalik Anxel Dias Errero tayyorlab, 10 oy g‘orda saqlagan Cabrales pishlog‘i Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi.
UPI yozishicha, ispan pishlog‘i DOP Cabrales tanlovida «Eng yaxshi pishloq» nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan. Keyin bu pishloq kimoshdi savdosiga chiqarildi.
Sigir sutidan tayyorlangan 2,27 kg og‘irlikdagi pishloq dengiz sathidan 1 500 metrdan balandroq tog‘dagi g‘orda — tabiiy sharoitda 10 oy davomida yetilgan. Ana shu sharoit sababli pishloq o‘ziga xos o‘tkir va xushbo‘y ta’mga ega bo‘ldi.
Nashr yozishicha, Ispaniyadagi tanlovda yuqori baholangan Cabrales auksionda El Llagar de Colloto restorani tomonidan 42 ming dollarga sotib olingani uchun eng qimmat pishloq sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter