Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Eronga qarshi ehtimoliy harbiy harakatlarga tayyorlanyapti – Axios

Isroil Eronga qarshi ehtimoliy harbiy harakatlarga tayyorlanyapti – Axios

Agar Tehron yadroviy dasturini qayta tiklashga urinsa, Isroil Eronga qarshi ehtimoliy harbiy harakatlarga tayyorlanmoqda.

Bu haqda Axios manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, Quddus AQSh prezidenti Donald Tramp bunday operatsiyaga rozi bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi.

Trampning Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan 7 iyul oqshomida Oq uyda bo‘ladigan kechki ovqatida Eron yadro dasturi aossiy suhbat mavzusi bo‘lishi kutilmoqda.

Axios’ning yozishicha, Netanyaxu Tramp bilan Isroil qanday shartlar asosida yangi zarbalar berishni asosli deb qabul qilinishi bo‘yicha kelishuvga erishishga umid qilyapti.

Eslatib o‘tamiz, Isroil 13 iyun kuni yadroviy inshootlar, yuqori martabali amaldorlar va yadroviy olimlarni nishonga olib, Eronga havo zarbalarini berishni boshladi. Eron bunga javoban Isroil hududini o‘qqa tutdi. 22 iyun kuni AQSh Eron yadroviy inshootlariga bir martalik zarba berdi. Ikki kundan keyin esa sulh e’lon qilindi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil hujumlarida 935 nafar eronlik halok bo‘lgan bo‘lsa, Eronning Isroilga bergan javob zarbalarida 28 kishi halok bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring