Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil G‘azo shahrining 40 foizini to‘liq bosib oldi

Isroil G‘azo shahrining 40 foizini to‘liq bosib oldi

Isroil armiyasi vakili Efi Defrinning aytishicha, mamlakat mudofaa kuchlari G‘azo shahrining 40 foizga yaqinini nazorat qilmoqda.

Uning qayd etishicha, yaqin kelajakda nazorat ostidagi hududlar soni ko‘payishi mumkin. 

"Biz G‘azo shahrining 40 foizini nazorat qilamiz. Yaqin kunlarda operatsiya kengayadi va faollashadi", dedi Defrin brifing chog‘ida (RIA "Novosti" iqtibos keltirgan holda). Unga ko‘ra, Isroil o‘z harbiy kuchlarini Zaytun hududi va G‘azo ichidagi Shayx Radvan hududi chekkasida jamlagan. 

31-avgust kuni ID G‘azoda "Gideon aravalari" operatsiyasini o‘tkazishda “ko‘plab xatoga yo‘l qo‘yganini” tan oldi. Bu ommaviy axborot vositalari uchun e’lon qilingan ichki hisobotdan kelib chiqadi.

Hisobot mualliflarining da’vo qilishicha, armiya 18 maydan buyon “o‘z harbiy doktrinasiga zid harakat qilgan”, goh G‘azoning qo‘lga olingan hududlarini tark etgan, goh ularga qaytib kelgan. Hisobotda qayd etilishicha, Isroil operatsiya o‘zining asosiy maqsadlariga erisha olmadi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil yaqinda HAMASning sulh bo‘yicha taklifini rad etdi. HAMAS qo‘lida bir necha o‘nlab isroillik asirda qolmoqda. Isroilda ularni ozod etish va urushni to‘xtatish bo‘yicha katta namoyishlar bo‘lib o‘tdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring