Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil G‘azoda vayronalar ostida qolgan odamlarni qutqarishga ruxsat bermayapti

Isroil G‘azoda vayronalar ostida qolgan odamlarni qutqarishga ruxsat bermayapti

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qarashli UNRWA agentligining G‘azo shimolidagi vayronalar ostida qolgan odamlarni olib chiqish talabini Isroil rad etdi. Bu haqda UNRWA vakili Inas Hamdan ma’lum qildi.

«So‘nggi ikki hafta davomida biz G‘azo shimolida va Jabaliya qochqinlar lagerida qamal kuchayishi haqida aytgandik. Vaziyat yomonlashmoqda. Isroilning G‘azo shimolida davom etayotgan harbiy amaliyotlari o‘n minglab tinch aholi hayotini jiddiy xavf ostiga qo‘ymoqda», dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning G‘azo shimolidagi hujumlari odamlarning hayotiy ehtiyojlari, jumladan, suvdan foydalanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Uning aytishicha, Jabaliya qochqinlar lageridagi uylarida qamalib qolgan falastinliklar suv va oziq-ovqatsiz qolgan.

Uning ta’kidlashicha, 18 oktyabr kuni Isroil G‘azo shimolidagi ikkita kasalxonaga hujum qilgan va bu mintaqadagi gumanitar vaziyatni yomonlashtirgan.

Kasalxonalarda elektr uzilishlari va asbob-uskunalar yo‘qligi sababli bemorlarning o‘limi ko‘paygan.

UNRWA guruhlarining G‘azo shimolida vayronalar ostida qolgan odamlarni qutqarish bo‘yicha so‘rovlari Isroil tomonidan rad etildi, deya qo‘shimcha qildi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring