Livanda Isroil hujumlaridan halok bo‘lganlar soni 356 kishiga yetdi
Isroilning 23-sentyabr kuni Livanga bergan zarbalari natijasida halok bo‘lganlar soni 356 kishiga yetdi. Ulardan 24 nafari bolalar, deb xabar berdi Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Departament ma’lumotlariga ko‘ra, 1246 kishi jarohat olgan.
Isroilning o‘zi «Hizbulloh» marralariga hujumlar uyushtirganini iddao qilmoqda. Bosh vazir Binyamin Netanyahu ingliz tilida livanliklarga murojaat qilib, xavfsiz hududga qochishga chaqirdi. Isroil vazirlar mahkamasi mamlakat bo‘ylab maxsus holat joriy etdi, bu hukumatga cheklovlar kiritish vakolatini beradi. Netanyahu hujumlarda «Hizbulloh»ning 1,1 mingdan oshiq nishonlari zarbaga uchraganini aytgan.
Shu asnoda Pentagon vakili Pat Rayder AQSh Yaqin Sharqqa qo‘shimcha kuchlar yuborilishi haqida ma’lumot berdi. Ayni damda mintaqadagi AQSh askarlari 40 ming kishidan oshadi.
Avvalroq Isroil hujumlari oqibatida 180 nafardan oshiq livanlik halok bo‘lgani xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda Livanda vaziyat o‘ta keskinlashdi. Avvaliga mamlakat bo‘ylab peyjerlar, so‘ngra boshqa qurilmalar portladi. Buning ortidan Isroil havo kuchlari mamlakat bo‘ylab zarbalar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter