Isroil husiylar bosh vaziri va boshqa yirik amaldorlarni o‘ldirdi

28-avgust kuni Isroilning Yaman poytaxtiga bergan zarbasi natijasida husiylar bosh vaziri Ahmad G‘aleb ar-Rahaviy va bir qancha vazirlar halok bo‘ldi.
Hujum Sanadagi navbatdagi hukumat yig‘ilishi chog‘ida sodir bo‘lgan. SABA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, isroillik harbiylar bir vaqtning o‘zida “Ansor Alloh” rahbarining nutqini tinglash uchun yuqori martabali amaldorlar to‘plangan bir nechta joylarga hujum qilgan. Reutes agentligiga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida husiylar mudofaa vaziri va shtab boshlig‘i ham bor.
Eslatib o‘tamiz, 25-avgust kuni Isroil Sanaga zarba bergan, oqibatda kamida 10 kishi halok bo‘lgan, 100 ga yaqin kishi jarohatlangan edi.
Husiylar Isroil tomon muntazam ravishda raketalar va uchuvchisiz uchoqlarni uchirib, falastinliklar bilan birdamligini e’lon qilib keladi. Qizil dengiz va Adan ko‘rfazidagi savdo kemalarini ham o‘qqa tutadilar. Bunga javoban Isroil va Qo‘shma Shtatlar husiylar nazoratidagi hududlarga, jumladan Sana shahriga hujum qilmoqda.
Husiylar 2014-yilda hokimiyatga kelgan va 2015 yildan beri Yaman poytaxtini nazorat qilib kelmoqda.
Al-Rahaviy hukumatni 2024 yil avgustidan boshlab boshqarib kelmoqda. Endi bu lavozimga uning o‘rinbosari Muhammad Miftoh tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter