Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil va Eron otashkesim shartlarini buzdi – Tramp

Isroil va Eron otashkesim shartlarini buzdi – Tramp

Donald Tramp Gaagadagi NATO sammitiga jo‘nab ketishdan oldin jurnalistlar bilan suhbatda Isroil ham, Eron ham o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini bir necha soat oldin buzganini ma’lum qildi.

«Ayniqsa Isroil», – degan Tramp. 

Trampning aytishicha, Isroil sulhga erishilgandan so‘ng ham Eronga harbiy hujumni davom ettirgan.

«Isroil, bombalarni tashlamang. Agar tashlasangiz, bu katta qoidabuzarlik bo‘ladi. Hoziroq uchuvchilaringizni uylariga qaytaring», - deb yozdi Tramp Social Truth ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

AQSh rahbari, o‘z navbatida, Eronning yadroviy salohiyati yo‘q qilinganini qo‘shimcha qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring