Isroil zarbasi sabab G‘azoda 40 nafarga yaqin kishi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoga zarbalari oqibatida 40 ga yaqin odam halok bo‘lgani xabar qilindi.
G‘azo qutqaruv xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, jasadlar yetti xil joyda topilgan.
Xabarlarga ko‘ra, zarbalardan birida G‘azo markazidagi gavjum bozorda HAMAS politsiyasi patrulini nishonga olingan. Hujum oqibatida 18 kishi halok bo‘lgan.
Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, politsiya dron hujumi paytida gumanitar yordamning talon-taroj qilinishini tergov qilgan.
Isroil harbiylari hozircha bu xabarlarga izoh bermagan.
Misr va Qatarning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga vositachilik qilish uchun diplomatik harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq Eron tomoni Isroil zarbalari sabab 606 kishi o‘lgani haqida xabar bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter